Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Samarqandda 10 kunda 8 kishi is gazidan zaharlanib, vafot etdi
28.10.2021 13:17,  
35

Bu haqda Pastdarg‘om tumani FVB vakili Sirojiddin Abdullayev brifingda ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, viloyatda shu o‘n kun ichida is gazidan zaharlanish bilan bog‘liq 4 ta holat qayd etilgan.

“Viloyatda is gazidan zaharlanish oqibatida 8 kishi vafot etgan va 1 kishi og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan. Halok bo‘lgan 8 nafardan 5 nafari voyaga yetmagan bolalardir”, - dedi u.

O‘rganishlarda tabiiy gaz tarmog‘iga ulangan qo‘lbola isitish pechining tutun chiqarish mo‘risi tozalanmasdan, kechasi pechni yoqib uxlash oqibatida zaharlanish va o‘lim holati yuzaga kelgani ma’lum bo‘lgan.

Ikkita holatda isitish pechining mo‘risidan bahor, yoz davrida in qurgan qushlarning uyasi chiqqan bo‘lsa, boshqa holatda mo‘ri ichiga qushlarning uy qurmasligi uchun latta tiqib qo‘yib, uni olib tashlamasdan, isitish pechidan foydalanilgani aniqlangan.

Oqibatda barcha zaharli gazlar xona ichiga to‘planib, fuqarolarning o‘limiga sabab bo‘lgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан