Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Samarqandda 2 kg marixuanani 9000 dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi
15.10.2020 16:22,  
127

2020 yilning 12 oktyabr kuni soat 13:00 da Urgut tumani IIO FMB JQB xodimlari tomonidan o‘tqazilgan “Qoradori-2020” tadbiri davomida, Pastdarg‘om tumanida yashovchi 25 yoshli S.M., o‘zi yashab kelayotgan uyi hovlisida marixuana ekib parvarishlab, saqlab kelayotgani aniqlangan. U “marixuana” giyohvandlik vositasini shartli xaridorga har bir kilogramini 4.500 AQSh dollaridan sotishga kelishib, unga 2 kg. “marixuana” giyohvandlik vositasining pullarini olish uchun kelgan vaqtida ushlangan va xolislar ishtirokida tegishli tartibda rasmiylashtirilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar qildi.

Sud-kimyoviy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirib olingan giyohvandlik o‘simligi “marixuana” giyohvandlik moddasi turiga kirishligi hamda uning sof og‘irligi 2053 grammni tashkil qilishi ko‘rsatilgan.

Mazkur holat bo‘yicha Urgut tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan fuqaro S.M.,ga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi (giyohvandlik vositalarini ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda sotish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan hamda protsessual tartibda ushlangan.

Tergov harakatlari davom etmoqda.

 

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан