Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Samarqandda 5 kishi pomidor konservadan zaharlandi. Ulardan biri vafot etdi
12.02.2021 09:28,  
147

Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumanida yashovchi besh nafar fuqaro uy sharoitida tayyorlangan pomidor konservadan zaharlangan va oqibatda 20 yoshli fuqaro vafot etgan. Bu haqda viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmatiga tayanib, «Daryo» xabar qildi.

Ta’kidlanishicha, voqea sodir bo‘lgan kuni — 2021 yil 7 fevralda zaharlanganlardan biri A.T.ning uyida hashar bo‘lgan. Hashar tugaganidan so‘ng soat taxminan 12:00 da hasharchilar pomidorli konserva iste’mol qilgan.

Hashardan uyiga qaytgan I.E. sog‘lig‘i yomonlashgani bois shu kuni soat 20:00 da tez tibbiy yordamga murojaat qilgan. Tuman TTBga qarashli qabul bo‘limiga olib kelinib, botulizm tashxisi bilan reanimatsiyaga yotqizilgan.

Fuqaro A.T. esa o‘zi shifokor bo‘lgani sababli 1963 yilda tug‘ilgan G.T, 1995 yilda tug‘ilgan Sh.T. va 1974 yilda tug‘ilgan B.B.larda bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi, holsizlik, bir narsani ikkita yoki to‘rtta ko‘rish belgilari namoyon bo‘lgach barchaga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatgan.

Shundan so‘ng soat taxminan 21:00 da tez tibbiy yordamga murojaat qilib, Bulung‘ur TTBga botulizm tashxisi bilan yotqizilgan.

Fuqarolar A.T., G.T., va B.B. disfoniya, ptoz, nistagm belgilari bilan botulizmning o‘rta og‘ir formasida deya Bulung‘ur tuman tibbiyot birlashmasining yuqumli kasalliklar bo‘limiga yotqizilgan. Bemor Sh.T.ning ahvoli og‘irligicha qolmoqda. U sun’iy nafas olish apparati yordamida muolaja olmoqda.

Intensiv davo muolajalari hamda botulizmga qarshi zardob berilishiga qaramasdan, 20 yoshli I.E.ning ahvoli tobora og‘irlashib, 8 fevral kuni soat 03:30 da vafot etgan.

Viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Latif Rustamovning ta’kidlashicha, fuqaro A.T. xonadonida 2020 yilda tayyorlangan pomidorli konserva namunalari olinib, bakteriologiya laboratoriyasiga yetkazilgan. Hozirgi kunda targ‘ibot va tashviqot ishlari davom etmoqda.

«10 fevral kuni ‘Mingtepa’ mahallasida istiqomat qiluvchi 34 ta xonadonda yashovchi 142 nafar aholi bilan botulizm kasalligi bo‘yicha suhbat o‘tkazildi. Xonadonlardagi qo‘lbola tayyorlangan 74 ta 184 litr pomidordan qilingan marinovkalar borligi aniqlanib, barchasi utilizatsiya qilindi», — deydi Latif Rustamov.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан