Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Samarqandda aholi orasidan yana 4 kishida koronavirus aniqlandi
30.05.2020 23:24,  
248

2020 yil 30 may soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3546 (+23) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 4 nafari Samarqand viloyatida aholi orasidan aniqlangan. Shuningdek, 19 nafari Karantin markazidan, jumladan, Sankt-Peterburg – Toshkent yo‘nalishidagi charter reysi orqali kelgan 14 nafar, 26 may kuni Moskva – Toshkent yo‘nalishidagi charter reysi orqali 2 nafar, 26 may kuni Qozog‘iston va xuddi shu kuni Rossiya – Qozog‘iston orqali mamlakatimiz hududiga kirib kelgan yana 3 nafar fuqaroda qayd etildi. 

Ayni paytda yurtimizda 2783  (+55) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog‘aydi. 

Hozirda mamlakatimizda davolanayotgan 749 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан