Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Samarqandda boshqaruv yo‘qotilishi oqibatida Nexia kanalga tushib ketdi
31.12.2021 15:50,  
68

Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida 30 dekabr kuni Nexia avtomobili kanalga tushib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, holat tumanning «Meyonkol» mahallasida sodir bo‘lgan. Haydovchi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida Nexia avtomashinasi mahalla ichidan oqib o‘tgan suv kanaliga tushib ketgan.

Voqea joyiga zudlik bilan tuman FV bo‘limi qutqaruvchilari va tegishli xizmat xodimlari yetib kelgan. Qutqaruvchilar va maxsus texnika yordamida olib borilgan harakatlar natijasida avtomashina kanaldan olib chiqilgan.

Hodisa oqibatida mashina salonidagi haydovchi va yo‘lovchi tan jarohati olmagan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан