Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Samarqandda keksa odamning yuziga tepgan yigit kim ekani aniqlandi
31.01.2022 13:53,  
715

Tarmoqlarda “Samarqandda bir yigit ko‘chada ketayotgan kishini tepgan holati videosini ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib maqtanayotganligi aytilmoqda” sarlavhasi ostida videolavha Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB xodimlari tomonidan o‘rganib chiqildi, deya xabar berdi viloyat IIB Axborot xizmati. 

Voqea 2022 yilning 24 yanvar kuni soat taxminan 19:00 larda Samarqand shahri Qo‘shchinor mahallasida sodir bo‘lgan. 2007 yilda tug‘ilgan, voyaga yetmagan O‘.A. mahalladoshi B.Hamidov ko‘chasida kelayotgan 1968 yilda tug‘ilgan fuqaro F.R.ning yuz qismiga tepib hodisa joyini tark etgan. 

Holatni O‘.A.ning tanishi 2006 yilda tug‘ilgan R.K. tasvirga olib, ijtimoiy tarmoqlarga tarqatgan.

Holat yuzasidan voyaga yetmagan O‘.A.ning ota-onasiga nisbatan o‘rnatilgan tartibda hujjatlar rasmiylashtirilmoqda. Shuningdek, bo‘lib o‘tgan hodisa maktab rahbariyati ishtirokida ham muhokama etildi.

Qo‘shimcha sifatida aytish mumkinki, O‘.A sport bilan shug‘ullanib kelgan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda aytilganidek, yigit TikTokchi yoki tarmoq faoli emas. Hozirda Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Natijasi to‘g‘risida yana ma’lumot beriladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан