Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Samarqandda odamlar «Spark» ostida qolgan ayolni chiqarib oldi
27.01.2021 21:38,  
1888

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati, Paxtachi tumanida tezlikda kelayotgan «Neksiya» burilayotgan «Spark»ni urib yubordi» sarlavhasi ostida tarqalgan videolavha yuzasidan IIB ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, 2021 yilning 21 yanvar kuni soat 11:30 lar atrofida Paxtachi tumani Ziyoviddin shaharchasi, Amir Temur ko‘chasida harakatlanib kelayotgan, Navoiy viloyati Navoiy shahrida yashovchi, 1993 yilda tug‘ilgan S.F. o‘zining «Spark» rusumli avtomashinasini yo‘lning o‘ng tomon qismiga olib, orqa tomondan harakatlanib kelayotgan Paxtachi tumani Toshko‘pir MFYda yashovchi, 1994 yilda tug‘ilgan X.O. boshqaruvidagi «Neksiya-3» rususmli avtomashinani o‘tkazib yubormasdan chap tomonga keskin burilishi oqibatida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

To‘qnashuv natijasida yo‘l chetida turgan piyoda tan jarohati olib, Paxtachi tumani markaziy shifoxonasiga yotqizilgan.

Ayni vaqtda holat bo‘yicha to‘plangan hujjatlar jinoyat ishlari bo‘yicha Paxtachi tuman sudiga yuborilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан