Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Samarqandda qabr toshini o‘g‘irlagan uch nafar fuqaro ushlandi
15.04.2022 09:26,  
109

Samarqand viloyati. 2022 yilning 06 aprel kuni 29 yoshli M.R. Samarqand tumani IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda joriy yilning 23 martdan 24 martga o‘tar kechasi Samarqand tumani Yagona ko‘chasida joylashgan “Talibarzu” qabristoni hududida joylashgan o‘ziga tegishli “Gravit Travertine Mramor” MChJga qarashli qabr toshlarini ishlab chiqarish sexidan narxi 1.000 AQSh dollari bo‘lgan bir dona 70*170 sm o‘lchamdagi qora rangli “granit gabro” nomli tosh noma’lum shaxslar tomonidan o‘g‘irlab ketilganligini ma’lum qilib, noma’lum shaxslarni aniqlashda amaliy yordam berishni so‘ragan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlar natijasida, mazkur o‘g‘irlikni Samarqand tumanida yashovchi 27 yoshli N.S., 20 yoshli I.Sh. va 18 yoshli A.Z.lar sodir etganliklari aniqlanib, ulardan “granit gabro” nomli tosh ashyoviy dalil tariqasida tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan. 

Mazkur holat yuzasidan Samarqand tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan yuqoridagi shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 169-moddasi 2-qismi “v” bandi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан