Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Samarqandlik bemor koronavirusdan vafot etdi
10.06.2020 22:11,  
558

Samarqandlik A. shu yilning 27 may kuni Sankt -Peterburgdan charter reys orqali yurtimizga kelgan va Karantin markaziga tibbiy kuzatuvga olingandi. Unda joriy yilning 1 iyun kuni “Covid-19” infeksiyasi  tasdiqlanib, poytaxtimizdagi Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasiga yotqizilgan.

Koronavirus infeksiyasiga chalingan ushbu bemor (erkak) uzoq yillar davomida o‘tkir leykoz, surunkali anemiya og‘ir darajasi va  nafas yetishmovchiligi kabi kasalliklar bilan davolanib kelgan. 

Shu yilning 1-iyun kuni bemorning ahvoli og‘irlashib, reanimatsiya bo‘limiga o‘tkazilgan. Shu kungacha unga bosh mutaxassislar tomonidan konsultatsiyalar, mamlakatimizdagi tegishli ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarining shifokorlari tomonidan telemeditsina orqali konsiliumlar o‘tkazilib, doimiy nazorati ta’minlangan.

Biroq standartlar bo‘yicha ko‘rsatilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemor o‘tkir nafas va yurak  qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан