Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Samarqandlik hamshira ayolning kaltaklangani aks etgan video tarqaldi.Viloyat IIB holatga izoh berdi
28.02.2021 18:40,  
3215

Ijtimoiy tarmoqlarda hamshira ayolni urib sudrashgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Samarqand viloyati IIB tomonidan ma’lumot berildi.

Tasvirlardagi hodisa 2021 yil 5 fevral kuni Pastdarg‘om tumanida sodir bo‘lgan.

Kelishmovchilik tumanning «Bog‘ishamol» mahallasida yashovchi, 1998 yilda tug‘ilgan fuqaro X.D. hamda uning Alisher Navoiy nomidagi mahalladagi uyida ijarada yashab kelayotgan, 1983 yilda tug‘ilgan B.S. o‘rtasida sodir bo‘lgan.

Fuqaro X.D. ushbu uyni boshqa bir kishiga sotganligi sababli ijarachidan uydan chiqishini so‘ragan. B.S. esa ushbu xonadonning ijara pulini mart oyiga qadar to‘lab qo‘yganligini, shu sababli uydan chiqmasligini aytgan.

Natijada janjal yuzaga kelgan. Fuqaro B.S. tan jarohatlari bilan Pastdarg‘om tumani tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.

Holat yuzasidan barcha hujjatlar rasmiylashtirilib, qonuniy qaror qabul qilish uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha Pastdarg‘om tuman sudiga taqdim etilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан