Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






SamDTI endi universitet maqomini oladi
2.04.2022 08:53,  
43

Prezident "Samarqand davlat tibbiyot universitetini tashkil etish va sohada kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida"gi Qarorni imzoladi. 

Unga ko‘ra, Samarqand davlat tibbiyot instituti Samarqand davlat tibbiyot universiteti etib qayta tashkil etiladi.

Universitet tarkibida:

- viloyat salomatlikni tiklash shifoxonasi negizida Samarqand davlat tibbiyot universiteti huzuridagi Reabilitologiya va sport tibbiyoti ilmiy-tadqiqot instituti;

- institutning 1- va 2-klinikalari negizida universitet ko‘p tarmoqli klinikasi va ixtisoslashgan bolalar xirurgik klinikasi;

- Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazining filiali va uning klinikasi negizida universitet huzuridagi xuddi shunday ilmiy-tadqiqot institut va klinikasi;

- Neyroxirurgiya va neyroreabilitatsiya ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy markazi;

- Immunologiya, allergologiya va inson genomikasi ilmiy markazi tashkil etiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан