Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Sardobadagi toshqinning yuqoridan olingan suratlari e’lon qilindi
1.05.2020 21:37,  
1215

Yomg‘ir yog‘ib, kuchli shamol bo‘lgani sababli 1 may kuni ertalab Sardoba suv ombori to‘g‘onining bir qismi o‘pirilgan edi. Oqibatda suv oqimi aholi punktlari, kommunikatsiya tarmoqlari va qishloq xo‘jaligi maydonlariga katta zarar yetdi.

Tezkor chora-tadbirlarga Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, mahalliy hokimliklar, qurilish-ta’mirlash tashkilotlari, huquq-tartibot idoralari va boshqa xizmatlar mutaxassislari safarbar etildi. Suv ombori yaqinidagi mahallalar aholisi xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilindi. Jumladan, tumanlarda tashkil etilgan maxsus shtablar tomonidan maktab, kollej, korxona va xonadonlarga joylashtirildi. 

Shuningdek, Mudofaa vazirligi shaxsiy tarkibi va maxsus texnikalari aholini evakuatsiya qilish va tegishli xo‘jalik ob’yektlarini jihozlash uchun safarbar qilindi. Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiyaning Sirdaryo va Jizzax viloyatlari hududiy boshqarmalari evakuatsiyaga ko‘maklashish, tartibni saqlash ishlariga jalb etildi.

Suratlar @xushnudbek kanalidan olindi

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан