Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






"Savdogar"lar ishi "o‘xshamadi"
28.02.2021 19:20,  
361

Toshkent shahar IIBB jinoyat qidiruv xodimlari giyohvandlik vositalarining tarqalishi bilan bog‘liq faktlarni oldini olishdi.

16 fevral kuni taxminan soat 21.40 da Mirzo-Ulug‘bek tumani Oqqo‘rg‘on ko‘chasida xatti-harakatlari bilan shubha uyg‘otgan shaxs to‘xtatildi. Xolislar guvohligidagi tekshiruv natijasida 37 yoshli G‘olib M.ning yonidan 30,62 gr. geroin topildi. Mazkur fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi (“Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

18 fevral kuni taxminan soat 22.45 da Yashnobod tumani Majnuntol ko‘chasida jinoyat qidiruv xizmati xodimlari 23 yoshli Abduvali B.ni to‘xtatishdi. Tekshiruv davomida uning yonidan 117 gr. marixuana topildi. Mazkur fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi (“Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан