Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Savodni yaponlardan o‘rganishimiz kerakmi?
28.09.2019 14:24,  
587

Yaponlarning 3 xil yozuvi, alifbosi bor. "Xiragana" faqat yapon tilidagi so‘zlar, "katakana" xorijdan kirgan so‘zlar uchun va alohida ommaviy axborot vositalari, kitoblar uchun "kanji" iyerogliflar ajratilgan. "Kanji"da o‘rtacha 3 mingta iyeroglif bilgan odamni savodli deyish mumkin. Yapon maktablariga qo‘yiladigan asosiy talablardan, maktabning reytingini belgilovchi asosiy faktorlardan biri - savod masalasi. Maktabdan bola savodsiz chiqishi mumkinmas! Siz universitetga duch kelgan yo‘nalishda ona tilidan imtihon ham topshirmaysiz.

Shuuncha iyeroglif haqida o‘ylaysanu tuyaning yuki qancha yengil bo‘lsa shuncha yotag‘on bo‘ladi, degan maqol esingga kelaveradi.

Menga 30 nafar 1-kurs talabasiga guruh rahbarligi biriktirilgan. Yaqinda ulardan nega aynan internet jurnalistikasini tanlagani haqida esse oldim. Tekshirib, hayratdan...

Maktab direktorlariga xat yozib 30 nafar talabamning essesini ilova qilgim kelyapti hozir! (Haqqim bormikan shunga...)

Ularga keyingi axborot soati uchun "X" va "H"ni vazifa qilib berdim. Diktant olaman. Lekin bilaman, qiyinidan boshladik, har darsda imlo lug‘atidan 1 ta harfni "A"dan boshlab vazifa qilib bersa ham bo‘ladi, yarimini bilmaydi baribir. Balki ko‘pirtirayotgandirman...

Vazifani berdimu o‘ylab qoldim: Shu mening, universitet o‘qituvchisining ishimi?! Maktab nega 11 yil o‘qitib aqali bitta yozuvli alifboda savodli qilolmaydi bolani?! Tilga bee’tiborlik, hurmat qilmaslikdanmi bu yoki...

Ta’lim tizimimizni rostdan o‘zgartirish kerak! Xalq ta’limi qoshida bir bo‘lim ochishsin! "O‘quvchilar savodini nazorat qilish" degan, shunda kimsan Yuridik universiteti kirish imtihonlaridagi birinchi asosiy fan ona tili va adabiyoti bo‘lmaydi!

Tilga hurmatni paydo qilishning yechimi shu: majburlab savodli qilish kerak! O‘zingiz ayting, qaysi savodli kishi tilni hurmat qilmaydi?

Xudo xohlasa, ustozlarimizning yo‘lini bersa, ular albatta savodli bo‘ladi... Lekin baribir alam qiladi, nega savodni universitet o‘qituvchisi o‘rgatishi kerak...

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан