Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






“Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi va uning joylardagi bo‘linmalari tashkil etildi
22.04.2020 19:20,  
286

Hukumat farmoyishi bilan (213-f-son, 22.04.2020 y.) “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hamda uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) bo‘linmalari tashkil etildi.

Mazkur farmoyish bilan “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. 

Jamg‘arma va uning bo‘linmalari “Mahalla” xayriya jamoat fondi hamda uning hududiy bo‘linmalari huzurida ochilib, ular yuridik shaxs hisoblanmaydi.

Jamg‘arma mablag‘lari homiylik va xayriya mablag‘lari, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan shakllantiriladi.

Jamg‘arma mablag‘lari koronavirus pandemiyasi va karantin davrida ijtimoiy himoyaga muhtoj, ko‘p farzandli oilalarga, nogironligi bo‘lgan shaxslarga va yolg‘iz qariyalarga, o‘z daromadini yo‘qotgan vaqtincha ishsiz bo‘lgan jismoniy shaxslarga pul mablag‘lari, kundalik iste’mol tovarlari, dori vositalari va boshqa mahsulotlar bilan ta’minlash uchun ishlatiladi. 

Jamg‘arma va uning bo‘linmalariga mablag‘larning kelib tushishi va ulardan foydalanilishi bo‘yicha ommaviy axborot vositalarida e’lon qilib boriladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан