Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Sazanchik»da ofitsiantni pichoqlab qo‘yishdi
11.05.2021 20:45,  
946

021 yil 6 may kuni soat 20:30 larda 32 yoshli M.Salim, 38 yoshli X.Zafar va 39 yoshli X.Sohiblar Navoiy viloyati Karmana tumanida joylashgan «Sazanchik» restoranida spirtli ichimlik iste’mol qilishgan. So‘ng ularga xizmat ko‘rsatayotgan ofitsiant 26 yoshli H.Qosimjonning xizmati yoqmayotganligini vaj qilib, uni hech bir sababsiz haqorat qilib, do‘pposlashgan. Janjal vaqtida M.Salim uning qorin sohasiga pichoq sanchib olgan. Natijada H.Qosimjon shifoxonaga yotqizilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

Mazkur holat yuzasidan Karmana tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi «b,v» bandlari (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, M.Salim, X.Zafar va X.Sohiblarga nisbatan «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан