Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






“Sen o‘g‘il farzand tug‘maysan”Navoiylik ayol o‘zi va 3 farzandini nega o‘ldirmoqchi bo‘ldi?
27.03.2021 22:29,  
403

Yaqinda Navoiy viloyatining Navbahor tumanidagi “Sovungar” mahallasida yashovchi ayol o‘zi va farzandlarining joniga suiqasd qilgani bilan bog‘liq holat keng muhokamaga sabab bo‘ldi.

Ushbu hodisa sabablarini o‘rganish maqsadida Oliy Majlis Senati Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi raisi M.Kadirxanova  Navoiy viloyati hokimligiga xat bilan chiqdi. Bu haqda Senat Axborot xizmati xabar berdi.  

Aniqlanishicha, 1989 yilda  to‘g‘ilgan Z.Jabborova va uning farzandlari poyezd ularga yaqinlashib kelgan vaqtda temir yo‘l iziga yugurib chiqib, ikkita rels orasiga yotib olganligi natijasida yuk poyezdi ularni urib yuborgan.

Nima sababdan ayol farzandlarini joniga suiqasd qilgan degan savol qo‘mita raisi M.Kadirxanovani befar qoldirmadi.

Fuqaro Z. Jabborovaning yaqin qarindoshlari bilan suhbatlashilganda, oilaviy sharoiti moddiy jihatdan o‘rtaholligi, so‘nggi vaqtlarda u bilan turmush o‘rtog‘i O.Ro‘ziyev “Sen o‘g‘il farzand tug‘maysan” deb janjallashib turganligi sababli, uning ruhiyatida o‘zgarishlar bo‘lganligi, lekin qolgan oila a’zolari yoki boshqa shaxslar bilan kelishmovchilikka bormaganligi, ruhiy jihatdan sog‘lomligi, yaqin qarindoshlari orasida ruhiy kasallik belgilari mavjud bo‘lganlar yo‘qligi aniqlangan.

Ushbu mahalla patronaj hamshirasining bergan ma’lumotiga  ko‘ra, fuqaro Z.Jabborova 2021 yilning yanvar oyida homiladorligi tufayli murojaat qilgan. U tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilganda ushbu homila ham qiz ekanligi aniqlangan. Natijada ayol o‘z xohishi bilan homilasini oldirib tashlagan.

Bundan tashqari, fuqaro Z.Jabborova oilasidagi kelishmovchilik yuzasidan biror marotaba MFY xodimlariga yoki tuman IIB profilaktika inspektoriga murojaat qilmaganligi aniqlandi.

Ayni vaqtda Navoiy transport prokuraturasi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mazkur holat Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi tomonidan nazoratga olindi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан