Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Senat «Favqulodda holat to‘g‘risida»gi konstitutsiyaviy qonunni tasdiqladi
19.11.2021 13:10,  
69

Qonun favqulodda holatni joriy etish shartlari va tartibi, qo‘llaniladigan choralar va cheklashlar, fuqarolar huquqlarining kafolatlari, sudlar faoliyati va boshqa masalalarni tartibga soladi.

Qonunga ko‘ra, mamlakat hududida favqulodda holat muddati 30 sutkadan oshmasligi kerak va bu muddat faqat prezident farmoni bilan uzaytirilishi mumkin, farmon esa parlament tomonidan tasdiqlanishi lozim.

Favqulodda holat rejimini ta’minlash uchun Ichki ishlar va Favqulotda vaziyatlar vazirliklari, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati, shuningdek Favqulodda vaziyatlar oldini olish va harakat qilish davlat tizimiga kiruvchi boshqa davlat organlari hamda tashkilotlarining kuchlari va vositalaridan foydalaniladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан