Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Sergelidagi metro stansiyalarining ham nomi bo‘lmaydi. Ular Qo‘yliq metrosi bekatlari kabi raqamlanadi
30.11.2020 12:39,  
356

Poytaxtning Sergeli tumani hokimligi tuman hududidan o‘tgan yangi metro liniyasining yon atroflarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilayotganini ma’lum qildi. E’lon qilingan suratlardan ko‘rish mumkinki, yangi bekatlar ham Qo‘yliq metrosi bekatlari kabi alohida nomga ega bo‘lmay, raqamlanadi.

Sergeli metro liniyasini qurish ishlari 2016 yilning dekabrida boshlangan bo‘lib, u 2020 yilning kuzida foydalanishga topshirilishi lozim bo‘lgan. Loyihaga ko‘ra, metropolitenning yangi yo‘nalishi «Choshtepa», «Toshkent halqa yo‘li», «Sergeli», «Afrosiyob», «Qipchoq» va «Chinor» nomlariga ega bo‘lishi kerak edi.

Avvalroq Toshkentdagi yerusti metro liniyasining birinchi qismi 2020 yilning sentyabr oyida ochilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Ularda ham bekatlar raqamlangan. Biroq uning loyihasida ham har bir bekat o‘z nomiga ega edi: «Tuzel», «Iltifot», «Rohat», «Yangiobod», «Qo‘yliq».

Sentyabr oyida o‘tkazilgan press-tur davomida Toshkent metropoliteni xodimi Rustam Po‘latov yangi metro liniyalarining raqamlanishini vaqtincha ekanligini aytgandi: «Qolgan bekatlar ham qurib bitkazilgandan keyin Toshkent shahar hokimligining tegishli idoralari bekatlarga nom qo‘yadi. Atamashunoslar bunda bekatlar qurilgan joyning tarixi, o‘tmishini o‘rganib, shunga ko‘ra nom tanlaydi».

Eslatib o‘tamiz, shu yilning iyun oyida Toshkent metrosining «Yunusobod» yo‘lidagi 2 ta yangi bekat qurib bitkazilgan. Ularning nomi loyihadagedek qolgan — «Turkiston» va «Yunusobod».

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан