Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Seyfni o‘margan shaxs qo‘lga olindi
2.03.2021 14:19,  
222

Joriy yilning 24 fevral kuni Jizzax viloyati Paxtakor tumani Chamanzor qishloq fuqarolar yig‘inida yashovchi Sh.E. tuman ichki ishlar bo‘limiga murojaat qilib, uyida o‘g‘rilik sodir etilganligini bildirgan. Ma’lum bo‘lishicha, 23 fevral kuni soat 19 dan 21 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida turar joyda hech kim yo‘qligidan foydalangan noma’lum shaxs Sh.E.ga tegishli uydagi temir seyfning qulfini buzib, 8 million so‘m pullarini o‘g‘irlab ketgan. Bu haqida Jizzax viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida o‘g‘irlik jabrlanuvchining mahalladoshi M.B. tomonidan sodir etilgani aniqlandi.

Ayblanuvchidan 351 ming so‘m pul ashyoviy dalil sifatida olingan. Holat yuzasidan tegishli tartibda jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан