Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shahrisabzdagi Oqsaroy majmuasiga kirish pulli bo‘ldimi?
19.04.2021 20:07,  
202

Ijtimoiy tarmoqlarda «Oqsaroy majmuasi»ga kirish uchun pul talab qilinayotgani, bu pullar qonuniy asosda olinayotganiga shubha uyg‘onayotgani haqidagi xabarlar tarqaldi. «Shahrisabz» davlat muzey-qo‘riqxonasi bosh direktori Nabi Xushvaqov bu masalaga oydinlik kiritib, jumladan shunday dedi:

- Birinchidan, bu butun dunyoda mavjud bo‘lgan tartibot. Samarqand, Xiva, Buxoroga borsangiz ham har bitta tarixiy yodgorlik muzey-qo‘riqxona tarkibiga kirgan va albatta, pullik xizmat ko‘rsatiladi. Bizda ham shunday - sayohatchilardan tushgan pulning 50 foizi Respublika madaniy meros departamentiga ketadi, qolgan 50 foizi tarixiy madaniy meros ob’yektlarini ta’mirlash uchun muzey-qo‘riqxona hisobraqamida qoladi. Biror so‘mini ham muzey xodimiga mukofot tarzida yoki oylik maoshiga ustama tarzida qo‘shib berib bo‘lmaydi. Mumkin emas, moliyaviy intizom buzilgan bo‘ladi.

Biz ham xuddi mana shunday respublikadagi boshqa davlat muzey- qo‘riqxonalari kabi ishlayapmiz. O‘zingiz o‘ylab ko‘ring, Samarqanddagi Registon, Bibixonim maqbarasi yoki Go‘ri Amir dahmasiga bepul kirib bo‘lmaydiku!

Yana bir bor ta’kidlayman, bizda faqat muzey-qo‘riqxonaga kirish uchun pul to‘lanadi, bu pul evaziga ekskursiya xizmati ko‘rsatiladi. Masalan, bitta guruh 3 kishidan 15 kishigacha bo‘lishi mumkin, shunday guruhga 45 minutlik madaniy servis xizmati ko‘rsatish narxi 10 ming so‘m. Bu 10 ming so‘m muzey xodimi cho‘ntagiga tushmaydi, u kassaga to‘lanib, muzey hisob- raqamiga tushadi va moddiy texnika bazasini mustahkamlash uchun sarflanadi. Bundan tashqari bizda har oyning birinchi yakshanbasida barcha fuqarolar uchun muzey-qo‘riqxonaga kirish bepul. Talabalar va o‘quvchilar 2000 so‘m, kattalar 3000 so‘m to‘lashadi, xolos. Chet ellik fuqarolar 3 AQSh dollari to‘lashadi.

Yana bir izoh: Samarqand darvozasidan kirish joyida kelin -kuyovlardan Shahrisabz obodonlashtirish departamenti 152 ming so‘m pul oladi. Rosti, men ular bu pullarni nima uchun olishining sababini bilmayman, Odatda bunday ob’yektlarga madaniy servis xizmati ko‘rsatilishi uchun pul olinadi. Shahrisabz obodonlashtirish departamenti qanaqa madaniy servis xizmati ko‘rsatayapti, buni ham bilmayman. Chunki u bizga aloqador tashkilot emas, Madaniyat vazirligiga qaramaydi. Ana shu holat ham sayohatchilarni chalg‘itayapti.

Ma’lumot uchun, 2019 yilda Prezidentimiz tashabbusi bilan muzey Shahrisabz davlat muzey qo‘riqxonasiga aylantirildi, Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 3 martdagi «Moddiy madaniy meros ob’yektlari va YuNESKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan hududlar muhofazasini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga asosan shahar hududidagi YuNESKO ro‘yxatiga kirgan 220 gektar qal’aning ichi, tarixiy hududi va uning 82 gektarlik muhofaza hududi jami 300 gektardan ziyod tarixiy hudud, «Shahrisabz» muzey-qo‘riqxona tasarrufiga operativ boshqaruv huquqi bilan o‘tkazib berildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан