Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shavkat Mirziyoyev 14—15 oktyabr kunlari YeOII va MDH sammitlarida nutq so‘zlaydi
14.10.2021 08:23,  
43

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14—15 oktyabr kunlari YeOII va MDHning videoaloqa shaklidagi sammitlari ishida ishtirok etadi.

14 oktyabr kuni davlat rahbari Qozog‘iston raisligida o‘tkaziladigan Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashining navbatdan tashqari majlisida kuzatuvchi maqomida nutq so‘zlaydi.

Rossiya, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston prezidentlari, Armaniston bosh vaziri kengash a’zolari hisoblanadi. Yig‘ilishda kuzatuvchi sifatida Kuba prezidenti ham so‘zga chiqishi kutilmoqda.

Yig‘ilish kun tartibiga muvofiq Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi doirasidagi ko‘p tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqiladi.

O‘zbekiston yetakchisi o‘z nutqida YeOII bilan amaliy hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilab beradi.

Tashkilot huzuridagi kuzatuvchi davlat maqomi mamlakatga 2020 yil dekabr oyida berilganini ta’kidlash joiz. 2021 yil aprel oyida O‘zbekiston hukumati va Yevrosiyo iqtisodiy komissiyasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum hamda 2021—2023 yillarga mo‘ljallangan Qo‘shma tadbirlar rejasi qabul qilindi.

15 oktyabr kuni esa Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining yubiley majlisi bo‘lib o‘tadi. Uning ishida Armaniston, Belarus, Moldova, Ozarbayjon, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va O‘zbekiston yetakchilari ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.

Belarus raisligida o‘tkaziladigan tadbirda tashkilotning 30 yillik faoliyatidagi ko‘p tomonlama hamkorlik yakunlari, shuningdek, savdo, investitsiyalar, sanoat kooperatsiyasi, transport, migratsiya, madaniy-gumanitar almashinuv sohalaridagi sheriklikni yanada kengaytirish borasidagi qo‘shma rejalar ko‘rib chiqiladi.

Xavfsizlikka tahdid solayotgan zamonaviy xavf-xatarlarga qarshi kurashish hamda keng mintaqada barqaror taraqqiyotni ta’minlash masalalari muhokama qilinadi.

Hamdo‘stlikda hamraislik qilayotgan O‘zbekiston Prezidenti MDHni rivojlantirishning uzoq muddatli konsepsiyasi maqsad va vazifalariga erishish bo‘yicha qator muhim tashabbuslarni ilgari suradi.

Tadbir yakunida MDH makonida o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan ko‘p tomonlama hujjatlar to‘plami qabul qilinadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан