Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shavkat Mirziyoyev: 2019 yil turizm rivojida tub burilish yili bo‘ladi
9.01.2019 19:23,  
47

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bu haqda 8 yanvar kuni investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida aytib o‘tdi.

Davlat rahbari, jumladan, Vazirlar Mahkamasining ijtimoiy kompleksiga oid vazifalarga ham to‘xtalib, turizm sohasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etishni kuchaytirish zarurligini ta’kidladi. 

“Turizm uchun bosqichma-bosqich hamma sharoitlarni yaratyapmiz, investorlarga, ishbilarmonlarga keng imkoniyatlar beryapmiz. 2019 yil turizm rivojida tub burilish yili bo‘ladi”, – dedi Shavkat Mirziyoyev. 

Prezident O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasida ham bu soha rivoji bo‘yicha takliflar bildirgan edi.

Ushbu takliflarni amalda tatbiq etish maqsadida prezidentning joriy yil 5 yanvardagi farmoniga muvofiq 2019-2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish Konsepsiyasi tasdiqlandi. Shuningdek, o‘sha kuni imzolangan prezident qarori bilan mehmonxonalar tashkil etish bo‘yicha istiqbolli investitsiya loyihalari ro‘yxati qabul qilindi. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан