Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shavkat Mirziyoyev birorta tarmoqni “zo‘r ishladi” deya olmasligini aytib o‘tdi
31.10.2019 17:27,  
590

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 31 oktyabr kuni makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar, soliq-byudjet siyosati, davlat byudjetining joriy yilda kutilayotgan ijrosi va 2020 yilga mo‘ljallangan parametrlar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

Davlat byudjeti deganda, avvalo, davlat pul mablag‘larining jamg‘armasi tushuniladi. Soliqlar, bojxona yig‘imlari va boshqa turdagi to‘lovlar ko‘rinishida yil mobaynida davlat g‘aznasiga kelib tushgan mablag‘lar, ya’ni, tushumlar orqali mamlakat byudjeti shakllantiriladi. Ushbu mablag‘lar, o‘z navbatida, hayotimizning turli jabhalari, qator ijtimoiy sohalar rivoji uchun maqsadli yo‘naltiriladi.

Eslatish joiz, 2018 yilning 22 avgust kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev «Byudjet ma’lumotlarining ochiqligini va byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorga imzo chekdi.

Mazkur qarorga muvofiq, byudjet ma’lumotlarining ochiqligini yanada oshirish maqsadida byudjet mablag‘larining shakllanishi va sarflanishi ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini o‘rnatishning yangi tartibi belgilangan.

Ushbu tizimga ko‘ra, 2020 yildan boshlab davlat byudjeti qonun shaklida qabul qilinadi va xalq vakillari tomonidan nazoratga olinadi. Parlamentga taqdim etiladigan Byudjet to‘g‘risidagi qonun loyihasida va Byudjetnomada aholi va tashqi hamkorlarimizga mamlakat byudjetining holati ochiq-oydin, xalqaro standartlarga muvofiq tarzda ko‘rsatiladi.

Respublika byudjeti borasidagi normativ hujjatlar Oliy Majlis tomonidan, mahalliy byudjetlar esa joylardagi xalq deputatlari kengashlari tomonidan qabul qilinadi. Qolaversa, xarajatlar sohalar bo‘yicha emas, vazirlik va idoralar kesimida tasdiqlanadi. Idoralar mustaqilligini oshirish bilan birga, xarajatlarning samarasi uchun mas’uliyati ham kuchaytirilmoqda.

Joriy etilayotgan yangi tizimning yana bir o‘ziga xos jihati – markazlashgan byudjet siyosatidan bosqichma-bosqich voz kechish. Masalan, mahalliy byudjetlar daromadini mustahkamlash maqsadida avtomototransport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish yig‘imlari mahalliy byudjetga o‘tkazilmoqda. Alkogol mahsulotlari va mobil aloqa xizmatini ko‘rsatish uchun aksiz solig‘i tushumlari aholi sonidan kelib chiqib hududlar o‘rtasida qayta taqsimlanadi. Qo‘shilgan qiymat solig‘i va yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i bo‘yicha prognozdan orttirib bajarilgan qismi to‘liq xududlarda qoldiriladi.

2020 yildan boshlab mahalliy byudjetlarning qo‘shimcha daromadlari kengashlar tomonidan ma’qullangan yo‘nalishlarga ajratiladi. Faqat kechiktirib bo‘lmaydigan xarajatlargina hokimliklar tomonidan tasdiqlanishi va keyinchalik ularning to‘g‘ri sarflangani haqida kengashlar oldida hisobot berilishi lozim.

Yig‘ilishda mamlakatimiz iqtisodiyotining asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari, kelgusi yilga mo‘ljallanayotgan prognoz parametrlari, iqtisodiyotga ta’sir etishi mumkin bo‘lgan ichki va tashqi omillar chuqur tahlil qilindi.

Xalqaro ekspertlar, xususan Xalqaro valyuta jamg‘armasi joriy yilda jahon yalpi mahsuloti o‘sishi dastlabki prognozga nisbatan 1 foizgacha kamayib, 3 foiz bo‘lishini baholagan. Mamlakatimizning asosiy savdo hamkorlari bo‘lgan davlatlarda ham iqtisodiy sur’atlar sustlashgan. Jahon bozorida raqobat tobora kuchayib, ayrim davlatlar o‘rtasida «iqtisodiy urushlar» davom etmoqda. Bu omillar O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta’sir etmay qolmaydi, albatta.

Prezidentimiz makroiqtisodiyot va davlat byudjeti parametrlarini ushbu xavf-xatarlarni hisobga olib belgilash lozimligini ta’kidladi.

– Iqtisodiyot tarmoqlarini «oyoqqa turg‘azish», raqobatbardosh qilish uchun keyingi ikki yilda ularga barcha imkoniyatlar berildi. Biroq, bu imkoniyatlardan foydalanib, qaysi tarmoq mehnat unumdorligini oshirdi, mahsulotlar raqobatbardosh bo‘lishi va eksport tarkibida tayyor mahsulotlar ulushi ko‘payishini ta’minlay oldi? Afsuski, birorta tarmoqni bugungi kunda «zo‘r ishladi yoki yuqori natija berdi», deb ayta olmaymiz, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Iqtisodiyot tarmoqlaridagi tizimli muammolar, inflyasiya darajasining 16 foizdan pasaymagani aholi to‘lov qobiliyatiga salbiy ta’sir etayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

– Asosiy vazifamiz – xalqimizga munosib ish o‘rinlari yaratgan holda, daromadlarni oshirish. Joylarda iqtisodiy faol aholi ko‘p. Odamlarimiz daromad topib, turmush sharoitini yaxshilash uchun mehnat qilishni xohlamoqda. Buning uchun aholi to‘lov qobiliyatini oshirish va bozorda mahsulotlarga barqaror talab shakllantirish orqali ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish va iqtisodiy o‘sishni ta’minlashimiz kerak, – deya ta’kidladi davlatimiz rahbari.

Misol uchun, qandolat, tayyor sut va go‘sht mahsulotlari, sharbat va salqin ichimliklar ishlab chiqarish bo‘yicha 100 dan ziyod muhim investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi natijasida iste’mol talabi qondirilib, inflyasiya me’yorlashishi mumkinligi qayd etildi.

Oziq-ovqat, go‘sht, un va qandolat mahsulotlari, kiyim-kechak, charm-poyabzal, elektrotexnika, farmatsevtika ishlab chiqarish hajmini 2020 yilda sezilarli ko‘paytirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Inflyasiya darajasiga ta’sir etayotgan yana bir omil mahsulotlar tannarxi yuqoriligidir. Shu bois mutasaddilarga davlat ulushi bo‘lgan barcha korxonalarda mahsulot tannarxini tahlil qilib, quvvatlarni modernizatsiya qilish va kengaytirish, zarur hollarda xususiy sektorga berish bo‘yicha vazifalar qo‘yildi.

Kelgusi yilda 153 ta yirik investitsiya loyihasini shunchaki foydalanishga topshirish emas, balki raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarib, yalpi ichki mahsulot hajmi va ish o‘rinlarini ko‘paytirish muhimligi qayd etildi.

Oxirgi yillarda tashkil etilgan 23 ta korxona past quvvatlarda ishlayotgani, rejalashtirilgan ayrim loyihalar o‘z vaqtida faoliyat boshlamagani tanqid qilindi.

Vazirlar Mahkamasiga iqtisodiy o‘sish va eksport salohiyatini oshirishga xizmat qiladigan, byudjetga tushumlarni ko‘paytiradigan investitsiya loyihalarini shakllantirishga mas’ul bo‘lgan doimiy Ishchi komissiya tuzish, investitsiya loyihalari va ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari ijrosini muhokama qilib borish bo‘yicha topshiriq berildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан