Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shavkat Mirziyoyev bu hafta Tojikistonga boradi
13.09.2021 15:31,  
161

Bugun prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov navbatdagi brifingini o‘tkazdi. Unda Shavkat Mirziyoyevning ushbu haftadagi rejalari bo‘yicha ma’lumot berildi. 

16-17 sentyabr kunlari Prezidentimiz Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etadi. O‘tgan yil ShHT sammiti pandemiya sababli onlayn formatda o‘tkazilgan edi, bu safar davlat rahbarlari bevosita uchrashadilar.

E’tiborlisi, ShHTning ushbu sammiti tashkilot tuzilganining 20 yilligi nishonlanayotgan bir paytga to‘g‘ri kelmoqda.

Sammitning birinchi kuni, 16 sentyabrda davlatimiz rahbari tashkilotga raislik qilayotgan Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Pokiston Bosh vaziri Imron Xon bilan, 17 sentyabr kuni esa Eron Prezidenti Ibrohim Raisiy bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadilar.

17 sentyabr kuni esa davlat rahbarlarining yig‘ilishi o‘tkaziladi. Yig‘ilish yakunida ShHTga raislik Tojikistondan O‘zbekistonga o‘tadi. Ko‘plab xorijiy ekspertlarning fikricha, Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan keyingi besh yilda olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar hisobga olinsa, O‘zbekistonning ShHTga raisligi xavfsizlik va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarning oldini olish nuqtai nazaridan alohida ahamiyatga ega bo‘ladi.

Mamlakatimiz raisligi juda samarali bo‘ladi, tashkilot faoliyatini yanada jonlantiradi, deb qat’iy ishonch bildirilmoqda.

O‘sha kuni yangi formatdagi «Shanxay hamkorlik tashkiloti — Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti» uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Unda tomonlar Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qiladilar.

Shuningdek, hafta davomida Prezidentimiz huzurida ijtimoiy-iqtisodiy sohalarga oid taqdimotlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан