Prezident matbuot kotibi Prezidentning koronavirusga qarshi emlanganini ma’lum qildi.
«Prezidentimiz mas’uliyatli fuqaro sifatida albatta, vaksina olganlar. O‘sha vaqtda O‘zbekistonda 3 ta vaksina ro‘yxatdan o‘tgan edi. Zf-Uz Vac, Astrazeneka va Sputnik V. Prezidentimiz shu vaksinalardan biri bilan to‘liq emlanganlar», dedi u.