Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shavkat Mirziyoyev navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazdi
16.10.2019 21:21,  
912

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16 oktyabr, chorshanba kuni chorvachilik va bog‘dorchilik tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, mamlakatning qishloq xo‘jaligi sohasi rivojida ushbu tarmoqlarning muhim ekanligi inobatga olinib, keyingi ikki yilda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, «Chorvanasl», Bog‘dorchilik va uzumchilikni rivojlantirish agentliklari tashkil etildi.

Yig‘ilishda chorvachilik tarmog‘ida bajarilgan ishlar va kelgusidagi rejalar muhokama etildi. 2019 yilda «Har bir oila tadbirkor» dasturi doirasida chorvachilikni rivojlantirish uchun 1,603 trillion so‘m, parrandachilikka 332 milliard so‘m imtiyozli kreditlar ajratilgan. Natijada mayda shoxli chorva soni 550 ming boshga, parranda soni 6,13 milliontaga ko‘paygan.

Yig‘ilishda aholini arzon go‘sht va sut mahsulotlari bilan ta’minlash borasida qilingan ishlar yetarli emas, deb baholandi. Chorvachilik tarmog‘ining dolzarb muammosi hisoblangan uzluksiz oziqa-yem ta’minotini yo‘lga qo‘yish masalasi muhokama etildi. Bugungi kunda chorvachilikda oziqaga bo‘lgan ehtiyoj faqatgina 30—35 foizga qondiriladi. Xususan, parrandachilikda oziqaning 85 foizi import hisobiga ta’minlanadi.

Qoraqalpog‘istonning Taxtako‘pir, Qo‘ng‘irot, Kegeyli va Mo‘ynoq tumanlarida bir million gektar pichanzor va yaylov yerlarida 182 ming bosh chorva mollari boqishga mo‘ljallangan 486 ta loyiha ishlab chiqildi.

Mutasaddilarga 2019—2021 yillarda 300—500 bosh chorva boqishga mo‘ljallangan 270 ta bo‘rdoqichilik kompleksi va 260 ta sutchilik korxonasini tashkil etish ishlarini jadallashtirish topshirildi.

Chorvachilik sohasida mahsuldorlikka erishish uchun avvalo naslchilik masalalariga alohida e’tibor qaratish zarur. Yig‘ilishda Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga xorijiy tajriba asosida naslchilikni rivojlantirish va mahsulot narxini pasaytirish uchun xarajatning bir qismini subsidiyalash mexanizmini ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq berildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан