Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bizda 1-kursda maktab dasturi qaytariladi. Yoshlar bir yil umrini yo‘qotib, qiziqishi so‘nib ham qoladi – Prezident (foto)
6.06.2020 18:23,  
409

Prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona shahridagi O‘zbekiston-Koreya xalqaro universitetida bo‘ldi.

Mazkur ta’lim muassasasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 23 avgustdagi qaroriga muvofiq tashkil etilgan. Bu yerda o‘qitish to‘lov-kontrakt asosida ilg‘or o‘quv rejalari va dasturlari bo‘yicha o‘zbek, koreys va ingliz tillarida olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev universitet rektori Pak Jun Xu va koreyalik o‘qituvchilar bilan suhbatlashdi. O‘quv dasturi va mazmuni, yoshlarning fanlarni o‘zlashtirishi bilan qiziqdi.

Foto: president.uz
  • Bizda 1-kursda umumiy fanlar o‘qitilib, maktab dasturi qaytariladi, - dedi Shavkat Mirziyoyev. - Yoshlar bir yil umrini yo‘qotib, qiziqishi so‘nib ham qoladi. Rivojlangan davlatlarda bunday emas, birinchi yildan mutaxassislik fanlariga o‘tib, amaliyotga muhim o‘rin beriladi. Natijadagi farqni hayot ko‘rsatib turibdi.
Foto: president.uz

Mutasaddilarga Janubiy Koreya universitetlaridagi o‘quv dasturlari va soatlarini o‘rganib, mamlakatimiz oliy ta’lim tizimini qayta ko‘rib chiqish, talabalarni amaliyotga maksimal yo‘naltirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан