Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






​​Shavkat Mirziyoyev Prezident saylovidagi raqiblariga minnatdorlik bildirdi
6.11.2021 11:59,  
78

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

"Saylovda menga bildirilgan ishonch – yuksak sharaf, muqaddas burch ekanini, ayni vaqtda bu ishonch zimmamga qanday ulkan mas’uliyat va javobgarlik yuklashini ham chuqur his etib turibman.

Nomzodimni ilgari surgan va saylov kampaniyasida qo‘llab-quvvatlagan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining a’zolari va faollariga, barcha tarafdorlarim hamda ishonchli vakillarimga tashakkur aytaman.

Saylovda faol ishtirok etgan O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan nomzod – Maqsuda Vorisovaga, «Milliy tiklanish» demokratik partiyasidan – Alisher Qodirovga, O‘zbekiston Ekologik partiyasidan – Narzullo Oblomurodovga, «Adolat» sotsial-demokratik partiyasidan – Bahrom Abduhalimovga alohida minnatdorlik bildiraman. Ularning kelgusi ishlariga omadlar tilayman.

Biz saylov jarayonida o‘zaro raqobat qilgan bo‘lsak, endi barcha orzu-intilish va harakatlarimizni birlashtirib, siyosiy partiyalar bilan faol hamkorlik qilamiz. Ularning saylovoldi dasturlaridagi muhim amaliy g‘oya va takliflar, kelgusi faoliyatimizda e’tiborimizdan chetda qolmaydi.

Butun kuch va salohiyatimizni yagona ulug‘ maqsadimiz – Yangi O‘zbekistonni barpo etishga qaratamiz".

Shuningdek, davlat rahbari barcha hududlar – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri aholisiga, mamlakatda tinchlik va do‘stlik muhitini mustahkamlash yo‘lida sidqidildan xizmat qilayotgan mahalla faollari, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari va din arboblariga, tadbirkor va fermerlar, tibbiyot xodimlari va harbiy xizmatchilar, quruvchi va bundoykorlarga, san’at ahliga minnatdorchilik bildirgan. Shu bilan birga, Shavkat Mirziyoyev saylov jarayonlarini keng va xolis yoritgan ommaviy axborot vositalari vakillariga, jurnalist va blogerlarga chin yurakdan minnatdorlik bildirgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан