Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shavkat Mirziyoyev Qahramon ayolga telefon qildi (foto)
6.03.2020 08:55,  
1130

Prezident Shavkat Mirziyoyev 5 mart kuni mamlakatimiz xotin-qizlarining eng faol va tashabbuskor vakillaridan biri – Farg‘ona viloyati, Oltiariq tumanidagi “Nurli obod” fermer xo‘jaligining rahbari, O‘zbekiston Qahramoni, Oliy Majlis Senati a’zosi Lola Murotova bilan telefon orqali muloqotda bo‘lib, yaqinlashib kelayotgan qutlug‘ bayram bilan qizg‘in tabrikladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Davlat rahbari samimiy suhbat chog‘ida Lola Murotovaning mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi va fermerlik harakati rivojiga, joylardagi ijtimoiy muammolarni hal qilishga qo‘shayotgan beqiyos hissasini, ko‘p yillik zahmatli va halol mehnatlarini, ona-Vatanimiz gullab-yashnashi yo‘lidagi munosib xizmatlarini alohida ta’kidlab o‘tdi. 

Lola Murotova o‘zining qirq yildan ortiq davr mobaynida boy tajribasi, butun bilimi va kuch-g‘ayratini diyorimiz obodligi hamda elimiz farovonligiga safarbar etgani, shuningdek jonkuyar, kamtar va oqila o‘zbek ayoli sifatida yosh avlod va butun mamlakatimiz xotin-qizlari uchun chinakam o‘rnak va namuna bo‘layotgani hurmat bilan qayd etildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан