Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shavkat Mirziyoyev: "Qani edi, yurtimizda ajrim degan noxush holatning o‘zi bo‘lmasa..."
6.03.2021 19:45,  
126

Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida bo‘lib o‘tayotgan tantanali tadbirda davlat rahbari yana bir muhim masalaga e’tibor qaratdi.

Qayd etilishicha, keyingi paytda oilaviy ajrimlarning oldini olish bo‘yicha samarali ishlar olib borilmoqda.

"Buni ajralish yoqasiga kelib qolgan, 23 mingga yaqin oila yarashtirilgani, ajrimlar soni 3 mingdan ziyodga kamaygani ham ko‘rsatib turibdi. Lekin bir achchiq haqiqatni tan olishimiz kerak. Bu raqamlar hamon yuqori bo‘lib qolmoqda. O‘tgan yili 28 mingdan ziyod oila ajralib ketgani ham fikrimizni tasdiqlaydi. Albatta, barchamizning istagimiz, tilagimiz bitta: qani edi, yurtimizda ajrim degan noxush holatning o‘zi bo‘lmasa...

Oilalar parokanda, bolalar tirik yetim bo‘lib, sarson-sargardon bo‘lmasa...

Men bir fikrni qayta-qayta aytishdan charchamayman.

Oila – bu mehr va baxt qo‘rg‘oni.

Oila bor ekan, farzand degan bebaho ne’mat bor, insoniy qadr-qimmat va ma’naviyat bor.

Oilaviy baxt bu – eng ulug‘ saodatdir.

Mashhur qo‘shiqlardan birida aytilganidek, “Uyida baxti borlar – har yerda baxtiyordir”.

Men aziz yigit-qizlarimizga murojaat qilib aytmoqchiman: turmush qurishga, oilaga, farzand taqdiriga nihoyatda chuqur mas’uliyat bilan qarang.

Bu masalaga yuzaki yondashib, ham o‘zingiz, ham o‘zga bir inson hayotini xavf ostiga qo‘ymang.

Men bu borada ko‘pni ko‘rgan mahalla faollari, muhtaram kayvonilar, ma’naviyatimiz va dinimiz fidoyilari, o‘z tengdoshlariga ibrat bo‘lib kelayotgan yoshlarimiz, bir yoqadan bosh chiqarib harakat qiladilar, deb ishonaman", - dedi prezident.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан