Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shavkat Mirziyoyev texnik reglamentlarini Yevropa va YeOII talablariga moslashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi
28.09.2020 21:15,  
172

28 sentyabr, dushanba kuni prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlash va metrologiya tizimidagi islohotlar natijadorligi muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda shu paytgacha bajarilgan ishlar natijadorligi tahlil qilinib, galdagi muhim masalalar ko‘rib chiqildi.

So‘nggi yillarda mamlakatimizda standartlarning 43 foizi xalqaro me’yorlar bilan uyg‘unlashtirilib, ularning soni 12 mingtaga yetkazildi. Bunday ishlar natijasida eksport imkoniyatlari kengaymoqda. 21 ta korxonada to‘qimachilik va trikotaj tovarlariga Yevropaning “OEKO-Tex” va “Sedex” standartlari joriy qilindi. Jumladan, Andijondagi “Samo Textile” Yevropa bozorlariga 5 million dollarlik mahsulot bilan chiqdi. Buxorodagi “Bukhara Cotton Textile” MChJ ham AQSh, Germaniya, Buyuk Britaniya va Turkiyaga 5 million dollarlik eksport qildi. Shuningdek, maishiy texnika, kabel, tibbiyot buyumlari ishlab chiqaruvchi korxonalarda 17 turdagi mahsulot xavfsizligini tasdiqlovchi mashhur “CE” markirovkasi joriy etilgani natijasida Yevropaning 8 ta davlatiga eksport boshlandi.

Bu boradagi ishlar izchil davom ettirilmoqda. Yil oxirigacha oziq-ovqat, metallurgiya, yengil sanoat bo‘yicha 14 ta laboratoriya modernizatsiyasi yakunlanadi.

Prezident “O‘zstandart” agentligini milliy organ maqomiga olib chiqish, korxonalarda yangi standartlarni manzilli joriy qilish asosiy vazifa ekanini ta’kidladi.

«Milliy standart “ovozi jaranglashi”ga erishishimiz kerak», – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Kelgusi yil yakuniga qadar xalqaro standartlar sonini 14 mingtaga, uyg‘unlik darajasini 50 foizga yetkazish vazifasi belgilandi.

 

Mutasaddi vazirlik va uyushmalarga to‘qimachilik korxonalarida “OEKO-Tex” me’yori, elektr texnikasi tarmog‘ida “SE” markirovkasi hamda qishloq xo‘jaligida “Global G.A.P.” va “Organic” tizimlarini qo‘llashni kengaytirish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Xalqaro standartlarni tatbiq qilayotgan korxonalarga ko‘maklashib, bunga ketadigan xarajatning bir qismini Eksportni qo‘llab-quvvatlash agentligi tomonidan qoplab berish muhimligi ta’kidlandi.

“O‘zstandart” agentligiga avtomobil komponentlari, kimyo, oziq-ovqat, qurilish materiallari tarmoqlarida xalqaro standartlarni joriy etish bo‘yicha 2021 yilga mo‘ljallangan “yo‘l xaritalari” ishlab chiqish topshirildi.

5 mingdan ziyod eski standartlarni bekor qilish, mahsulotlar xavfsizligini ta’minlash texnik reglamentlarini Yevropa va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi talablariga moslashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Shu bilan birga, sifatsiz import tovarlar kirib kelishining oldini olish maqsadida xavfsizlik talablari soni va qamrovi oshiriladi.

“O‘zstandart” agentligiga Yevropa iqtisodiy komissiyasi texnik qo‘mitasi bilan quritilgan mevalar bo‘yicha kelishuvga erishish, kelgusi yilda Xalqaro akkreditatsiya forumiga to‘laqonli a’zo bo‘lish vazifasi qo‘yildi.

Kelgusi yildan Toshkent davlat texnika universiteti bilan energiya samaradorligi, Kimyo-texnologiya instituti bilan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari genetikasi, To‘qimachilik instituti bilan sintetik tolalar, Ilg‘or texnologiyalar markazi bilan hamkorlikda biologik faol qo‘shimchalar yo‘nalishida ilmiy tadqiqotlar olib borish muhimligi aytildi.

Shuningdek, O‘zbekiston milliy metrologiya institutida qurilish materiallari, suv tejovchi hamda axborot texnologiyalari bo‘yicha kafedralar tashkil etilishi belgilandi. Innovatsion rivojlanish vazirligi ilmiy ishlanmalarga grantlar ajratadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан