Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shavkat Mirziyoyev: Tibbiyot shunday sohaki, unga daxldor bo‘lmagan insonning o‘zi yo‘q
18.03.2022 11:09,  
43

Prezident Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz sog‘liqni saqlash tizimi vakillari bilan ochiq muloqoti boshlandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev:

Kelgusi besh yilda ham aholimizni sifatli va malakali tibbiy xizmat bilan ta’minlash, sog‘lom turmush tarzini keng qaror toptirishni Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasining eng muhim yo‘nalishi sifatida belgilab oldik. 

Bugun sizlar bilan sog‘liqni saqlash sohasining umumiy ahvoli, uni rivojlantirish masalalari, tizimdagi dolzarb muammolarni ochiq-oydin muhokama qilib, navbatdagi vazifalarni aniqlab olamiz.

Men har safar hududlarga borganimda albatta tibbiyot maskanlariga kirishga, shifokorlar bilan uchrashishga harakat qilaman. Lekin, sizlar bilan mana shunday keng davrada, ochiq muloqot shaklida birinchi marta ko‘rishib turibmiz.

Bugun sohadagi yutuqni – yutuq, kamchilikni – kamchilik deb aytib, tizimdagi “kasalliklar”ga to‘g‘ri diagnoz qo‘yib, ularning davosini topishga harakat qilishimiz zarur.

Tibbiyot shunday sohaki, unga daxldor bo‘lmagan insonning o‘zi yo‘q. Hammamiz ham issiq jonmiz, tibbiyot muassasalariga kunda-kunora murojaat qilmagan kishini topish qiyin".

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан