Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahar hokimligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘ysunadigan alohida “Yangi hayot” kichik tumanini tashkil etish taklifini bildirdi
29.05.2020 22:08,  
301

Shavkat Mirziyoyev 2016 yili sentyabrda besh yil davomida Sergeli tumanida 500 ta ko‘p qavatli uy qurilishini aytganida ko‘pchilik hayron bo‘lgan edi. Prezident 2018 yil dekabrda bu boradagi bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirgandi.

Bugun bu yerda katta, zamonaviy mavze paydo bo‘ldi. Oxirgi 3 yilda tumanda 19 ming 522 xonadonli 460 ta ko‘p qavatli uy foydalanishga topshirildi.

26 ta namunaviy tipdagi mahalla guzarlari barpo etildi. Shu davrda bu yerga 100 mingdan ziyod aholi ko‘chib kelib, jami aholi 276 ming nafardan oshgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev shuncha odamning farovonligini ta’minlash, boshqaruvni samarali tashkil etish maqsadida ushbu hududda Toshkent shahar hokimligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘ysunadigan alohida “Yangi hayot” kichik tumanini tashkil etish taklifini bildirdi.

Poytaxt aholisiga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini vositachilarsiz, arzon narxda yetkazib berish choralari ko‘rilmoqda. Birinchi bosqichda dehqon bozorlarida 256 ta maxsus rasta tashkil etildi. Ikkinchi bosqichga muvofiq, shahar bo‘ylab 514 mahallada 2316 ta ko‘chma savdo yarmarkasi hamda 634 turg‘un savdo do‘koni tashkil etildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан