Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Shaxsiy namuna ko‘rsatish oson emas ekan». Sherzod Shermatov rahbar sifatida piyoda yurgani haqida
10.11.2020 22:12,  
429

Yaqinda Prezidentimiz tomonidan sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishda rahbarlar o‘zi shaxsiy namuna ko‘rsatishi zarurligi bo‘yicha o‘ziga xos chaqiriq bo‘lgandi.

Yakshanba kuni peshinda Xorazmdan qaytgach, tushlikdan so‘ng ishxonaga yayov yurib borishni bir tekshirib ko‘rishga harakat qildim. Taxminan 2 soatlarda 9 kilometrni bemalol yurib borsa bo‘lar ekan. Albatta, birdan ko‘p yurilganiga ertasiga ozgina oyoq og‘rig‘i bo‘ldiyu, keyin o‘tib ketdi. Ertasi kuni esa odam o‘zini ancha tetik xis qilib, yana yayov yurgisi kelarkan.

Yo‘lda xursand bo‘lganim, «Botanika bog‘i»ga oilaviy kelib, aylanadiganlar juda ko‘payibdi.

Yangi binoga ko‘chib o‘tganimizdan keyin, ishxonada ham 8 qavatga liftdan foydalanmay chiqishni yo‘lga qo‘ygandim. Keyin zinadan foydalanish xodimlar orasida ommalashdi. Shuning uchun ham, shaxsiy namuna deyilgani bejizga emas.

Nasib qilsa, pandemiyadan qutilib, davlat ishidagi rahbar kadrlarda sog‘lom turmush tarziga rioya qilish bo‘yicha shaxsiy namuna ko‘rsatishiga yanada ko‘proq vaqt bo‘ladi.

Sherzod Shermatov, xalq ta’limi vaziri

Eslatib o‘tamiz, oktyabr oxirida Prezident farmoni bilan bir sutkada 10 ming qadam yurgan fuqarolarga pul to‘lanishi belgilangan. Unga ko‘ra, O‘zbekiston hududida bir sutka davomida o‘n ming va undan ortiq qadam yurgan fuqaroga 3 ming so‘mdan to‘lanadi. Bundan tashqari, har oyda har bir tuman (shahar) bo‘yicha eng ko‘p yurgan shaxsga 300 ming so‘mdan, har bir hudud bo‘yicha eng ko‘p yurgan shaxsga 500 ming so‘m, respublika bo‘yicha eng ko‘p yurgan shaxsga 1 million so‘m qo‘shimcha ravishda platformadagi elektron hamyoniga o‘tkaziladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан