Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






ShHTga a’zo davlatlar maxsus xizmatlari terrorchilar foydalanadigan uchuvchisiz samolyotlarga qarshi kurash masalasini muhokama qildi
12.09.2019 12:40,  
10

Uchrashuvdagi yana bir mavzu terrorchilik faol mintaqalardan vatanga qaytgan va terrorchilik faoliyatiga aloqasi bo‘lmagan shaxslarning ijtimoiy qayta tiklanishi va jamiyatga moslashuvi muammosi bo‘ldi.

Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlatlar maxsus xizmatlarining vakillari payshanba kuni Sankt-Peterburgda terrorchilar tomonidan qo‘llanadigan uchuvchisiz samolyotlar masalasini muhokama qilishdi. Strelnedagi Konstantin saroyida Rossiya tomoni yetakchiligida o‘tgan ShHTning Antiterror tuzilmalari mintaqaviy kengashi majlisidagi asosiy mavzulardan biri shu bo‘ldi.     

Tomonlar uchuvchisiz qurilmalarni terrorchilik maqsadlarida qo‘llashga qarshi o‘zlarida mavjud bo‘lgan tajribalarni almashishdi. Bundan tashqari, uchrashuvning boshqa mavzusi terror amaliyotlariga aloqasi bo‘lmagan va terrorchilik faol bo‘lgan mintaqalardan vatanga qaytarilgan shaxslarni (ayollar va bolalarni ham) ijtimoiy qayta tiklanishi va jamiyatga moslashuvi masalasi bo‘ldi.

ShHTning Antiterror tuzilmalari mintaqaviy kengashi 35-yig‘ilishi Rossiya FXX direktori, armiya generali Sergey Smirnov rahbarligida o‘tdi (Rossiya bu yil kengashga boshchilik qilyapti), uning ishida Hindiston, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Pokiston, Rossiya, Tojikiston, O‘zbekiston va kengashning doimiy ijroiya qo‘mitasi vakillari qatnashdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан