Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shimoliy Koreya Olimpiadaga qatnashishdan bosh tortmoqchi.Sabab...
6.04.2021 15:48,  
286

Shimoliy Koreya Tokioda bo‘lib o‘tadigan Yozgi Olimpiya o‘yinlarida qatnashmaydi, deb xabar berdi Renhap agenligiga tayanib Interfax. Xabarda aytilishicha, bu qaror 25 mart kuni Pxenyanda bo‘lib o‘tgan Shimoliy Koreya Olimpiya qo‘mitasi Bosh assambleyasi yig‘ilishida qabul qilingan.

Agentlikning ta’kidlashicha, KXDRning Olimpiadada qatnashishdan bosh tortishi o‘z sportchilarini global koronavirus pandemiyasidan himoya qilish istagi bilan bog‘liq.

"Koreya Xalq Demokratik Respublikasi bizning sportchilarimizni koronavirus bilan bog‘liq global sog‘liqni saqlash inqirozidan himoya qilish uchun 32-Olimpiadada ishtirok etmaslikka qaror qildi",– deya agentlik Shimoliy Koreyaning sport portalining so‘zlarini keltirgan.

Tokiodagi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari 2020 yil yozida bo‘lib o‘tishi kerak edi, ammo pandemiya sababli ular 2021 yilga qoldirilgandi. Olimpiada 23 iyuldan 8 avgustgacha, Paralimpiya 24 avgustdan 5 sentyabrgacha bo‘lib o‘tadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан