Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shuhrat G‘aniyev: "Xalqdan va Prezidentdan kechirim so‘rayman. Ijtimoiy tarmoqlarda bo‘layotgan muhokamalar to‘g‘ri"
30.09.2019 15:16,  
1163

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Reglament va odob komissiyasi yig‘ilishida Farg‘ona viloyati hokimi, senator Shuhrat G‘aniyevning masalasi ko‘rib chiqildi. Bu haqda Kun.uz nashri xabar berdi.

Unda Shuhrat G‘aniyevning ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan nutqi tanqidiy ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilishda senatorlar bu holatni qattiq qoralashgan, qat’iy chora ko‘rilishini so‘rashgan.

Shuhrat G‘aniyev ham ijtimoiy tarmoqlarda o‘ziga bildirilayotgan tanqidlar to‘g‘riligini e’tirof etib, o‘zining aybini tan olgan.

«Ijtimoiy tarmoqlarda bo‘layotgan muhokamalar to‘g‘ri. Aybimni tan olaman. Har qanday jazoga loyiqman. O‘zimni oqlash uchun biror so‘z topa olmayman. Mening avlodim, ota-onam milliy liboslar kiyadi. O‘zim ham uyimda milliy libos kiyaman. Men aybdorman.

Xalqdan va Prezidentdan kechirim so‘rayman. Imkon berilsa, chin dildan mehnat qilishga tayyorman», deya viloyat hokimining so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Yakunda Senat raisi Tanzila Norboyeva tomonidan Shuhrat G‘aniyev qattiq tanqid qilinib, unga qat’iy ogohlantirish va uch oylik sinov berilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан