Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shuhrat G‘aniyev Qirg‘iziston hududidagi anklav aholisiga xayriya olib bordi 
23.04.2020 22:33,  
581

Bugun “Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakati Rishton tumanining Qirg‘iziston Respublikasi Botken viloyati hududidagi anklav Cho‘ng‘ara qishlog‘iga yetib bordi

Shuhrat G‘aniyevni chegara hududida Botken viloyati gubernatori Alisher Abdurahmonov kutib oldi.

- Koronavirus pandemiyasi boshlangan chog‘da O‘zbekistonning Qirg‘izistonga, Farg‘ona viloyatining Botken viloyatiga dezinfeksiya va yakkalanish – sanitariya vositalaridan beg‘araz ko‘rsatgan yordami uchun xalqimiz chuqur minnatdorchilik izhor qilmoqda, - dedi Botken viloyati gubernatori Alisher Abdurahmonov. – Do‘st boshiga ish tushganda bilinadi. O‘zbek-qirg‘iz xalqi azaldan mustahkam do‘stdir.

Shundan so‘ng un va yog‘ ortilgan mashinalar Cho‘ng‘ara ko‘chalari bo‘ylab yo‘l oldi.

 Shu kuni viloyat hokimi Shuhrat G‘aniyev Cho‘ng‘ara qishlog‘i aholisi vakillari bilan uchrashib, koronavirus pandemiyasi sharoitidagi vaziyatni muhokama qildi. Cho‘ng‘araliklarga bundan buyon ham har tomonlama ko‘mak berib borilaveradi, dedi hokim.

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан