Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Sinf xonasida pirotexnika portlatgan o‘quvchi IIB ro‘yxatiga olindi
14.12.2020 11:21,  
325

Ijtimoiy tarmoqlarda sinf xonasida o‘qituvchisini oldida pirotexnika vositasini portlatgan o‘quvchining tasviri aks etgan video tarqaldi. Xalq ta’limi vazirligi holatga izoh berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, sinfda pirotexnika vositasini portlatgan o‘quvchi Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanidagi 15-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinfida tahsil oladi.

Hodisa ishchi guruh tomonidan o‘rganilganda quyidagilar ma’lum bo‘ldi.

Maktabning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi birinchi navbat to‘rtinchi soatdan keyingi tanaffus paytida maktabning 11-sinf o‘quvchilarining tinchligini saqlash maqsadida xonaga kirgan, o‘quvchilarni tartibga chaqirib, shu sinf o‘quvchisi J.Sh.ga xonadagi parta stullarni to‘g‘rilashni buyurgan. J.Sh. o‘qituvchining tanbehidan noto‘g‘ri xulosa chiqarib pirotexnika vositasini yoqib yuborgan. Ushbu holatni shu sinf o‘quvchilari A.Q. va N.S.lar videoga olib o‘zining Tik-Tokdagi shaxsiy profiliga joylagan.

Voqea yuzasidan shu kunning o‘zidayoq jamoatchilik va huquq tartibot organ xodimlari hamkorligida o‘rganish ishlari olib borilib, o‘quvchilarning ota-onalariga MJtKning 47-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan deb hisoblanib, bazaviy hisoblashning 2 baravari miqdorida, ya’ni 446 ming so‘m miqdorida jarima qo‘llanilgan.

O‘quvchilar bir yil muddatga tuman IIBda profilaktik ishlari olib borish uchun ro‘yxatga olindi.

Xalq ta’limi vazirligi bu kabi holatlar ayanchli oqibatlarga olib kelmasligi uchun ota-onalardan farzand tarbiyasiga mas’uliyat bilan qarashga chaqirgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан