Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Sirdaryo tumanida qarzni undirgani kelgan gaz idorasi xodimi pichoqlab o‘ldirildi
13.10.2020 11:19,  
1310

Ijtimoiy tarmoqlarda gaz idorasi xodimiga o‘tkir tig‘li jism bilan og‘ir tan jarohati yetkazilganligi natijasida voqea joyida vafot etgani haqida xabar tarqaldi.

Bosh prpokuratura matbuot xizmatining xabar berishicha, 09.10.2020 yilda taxminan soat 18:00 larda “Sirdaryotumangaz” MChJ metrologiya bo‘limi boshlig‘i Sh.Q. Sirdaryo tumani, “Do‘stlik” MFY, Bodomzor ko‘chasida yashovchi fuqaro K.F.ning yashash xonadoniga gaz iste’moli uchun qarzdorlikni undirish maqsadida kelgan. 

Shu jarayonda ular o‘rtasida vujudga kelgan o‘zaro janjal oqibatida dastlab gaz idorasi xodimi Sh.Q. pichoq bilan K.F.ning chap ko‘krak qafasiga bir marotaba urgan, so‘ngra K.F. undan pichoqni olib qo‘yib Sh.Q.ning turli joylariga bir necha marotaba pichoq urib tan jarohatlari yetkazgan. Oqibatda Sh.Q. voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Sirdaryo tumani IIB tomonidan K.F.ga nisbatan JKning 104-moddasi 3-qismi “d” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.  

Tergov harakatlari Sirdaryo viloyati prokuraturasi tomonidan nazoratga olindi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан