Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Sirdaryoda 5 kunlik chaqalog‘ini 5 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ayolga sud hukmi o‘qildi
30.12.2021 09:03,  
84

Sirdaryo viloyatida besh kunlik chaqalog‘ini 5 ming dollarga sotayotgan ona qo‘lga olingani xabar qilingandi. Oliy sud unga nisbatan sud hukmi o‘qilganini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 2021 yilning 8 oktyabrida B.S. ismli ayol qiz farzand tug‘gan. So‘ng uni sotish niyatida xaridor izlagan.
13 oktyabr kuni esa Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tezkor tadbir o‘tkazgan. Unda B.S. tadbirga xaridor sifatida jalb etilgan IIB xodimiga chaqaloqni topshirib, undan kimyoviy ishlov berilgan 5 ming dollarni olgan vaqtda ushlangan.

Unga nisbatan besh yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Voyaga yetmagan bola vasiylik organlariga topshirilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан