Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Sirdaryoda dahshatli qotillik: 18 yoshli yigitni vahshiylarcha o‘ldirishdi
22.03.2021 09:17,  
5793

Sirdaryoda dahshatli qotillik jinoyati sodir etildi: Otasiz o‘sgan, onasining yolg‘iz farzandi bo‘lgan 18 yoshli yigitning tanasiga qarindoshi tomonidan o‘n marotaba pichoq urildi. Bu haqda «Sirdaryo Xabarlari»ga bugun, 21-mart kuni ismini sir saqlanishini so‘rab, marhumning tanishlaridan biri tomonidan xabar berildi — deya yozmoq ’Aniq.uz’.

"Bundan 2-3 kun avval kunduzi, onasining yolg‘iz farzandi bo‘lgan (marhumning otasiz o‘sganligi aytiladi), dinu diyonatli (marhumning namozxon ekanligi aytiladi), ukamiz 18 yoshli M. (marhumning ismi aytiladi) dahshatli qotillik qurboni bo‘ldi. Aytishlaricha qotil begona bo‘lmagan, M.ning yaqin qarindoshi bo‘lgan (marhumning qotilga qanday qarindosh ekanligi aytilmadi).

Mahallada har kim o‘z taxminlarini aytishmoqda: qotil M.ning uyiga o‘g‘rilikka kirganmi yoki mehmon sifatida kelganmi, o‘rtalarida qandaydir oldi-berdi bo‘lganmi, bu haqda aniq biron bir gap aytaolmayman. Dahshatlisi shundaki, M.ning tanasiga 8 yoki 10, 12 marotaba pichoq urilgan va u shifoxonada vafot etgan. Endi o‘zingiz tasavvur qilavering, yolg‘iz farzandidan bevaqt judo bo‘lgan onaizorning holatini esa so‘z bilan ifodalab bo‘lmaydi", — deyiladi xabarda.

«Sirdaryo Xabarlari» mazkur xabar yuzasidan viloyat prokuraturasi bilan bog‘landi va hodisa prokuratura tomonidan tasdiqlandi.

Prokuratura xabariga ko‘ra, Guliston shahar "Yangi hayot" mahallasida yashovchi fuqaro X.M. joriy yilning 18-mart kuni soat 14:40larda o‘zganing pul mablag‘larini qo‘lga kiritish maqsadida, qarindoshi bo‘la (xolavachcha)si Guliston shahar "Navbahor" mahallasida yashovchi fuqaro I.M.ning uyiga boradi va pichoq bilan badaniga o‘n marotaba urib — qasddan o‘ldirgan.

"Hozirda Sirdaryo viloyat prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda", — deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан