Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Sirdaryoda geroin sotayotgan shaxslar qo‘lga olindi
5.12.2021 07:56,  
77

Sirdaryo viloyat IIB JQB va Yangiyer shahar IIB JQB tezkor xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida Yangiyer shahar hududida Yangiyer shaxar A.Jomiy mahallasida yashovchi fuqaro J.R Yangiyer shahar T.Malik mahallasi hududida geroin giyohvandlik vositasini sotayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan. Tezkor xodimlar tomonidan olib borilgan surishtiruvlar davomida, ushbu xolatga aloqador bo‘lgan J.D va L.K lar qo‘lga olingan. Ulardan 12 dona rangsiz sellofan bo‘lakchalarga joylashtirilgan taxminan og‘irligi 10 gramm va 1 dona sellofan paketga joylashtirilgan, taxminan og‘irligi 300 gramm bo‘lgan geroin giyohvandlik vositasiga o‘xshash vositasi ashyoviy dalil sifatida olingan.

Sud kimyoviy ekspertizasining xulosalariga ko‘ra, olingan vositalari geroin giyohvandlik vositalari ekanligi hamda jami og‘irligi 317,7 grammga tengligi aniqlangan.

Mazkur xolat yuzasidan J.R, J.D va L.K larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodekisining 273-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “Qamoq ” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан