Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Siz bilan hisob-kitobimiz hali tugamadi» – Bayden «IShID-Xuroson» jihodchilariga murojaat qildi
1.09.2021 08:56,  
210

AQSh prezidenti Jo Bayden amerikalik askarlarning Afg‘onistondan evakuatsiya qilish jarayoni tugagandan so‘ng millatga murojaat qildi. Bayden Afg‘onistondagi urush tugagani, endi Amerika «boshqa mamlakatlarni qayta qurishga urinishni» bas qilishini aytdi.

«Qadrli amerikaliklar, Afg‘onistondagi urush tugadi. Kobuldan evakuatsiyani tugatdik. Biz 120 ming odamni havo orqali evakuatsiya qildik va bu aql bovar qilmas natija. Hech bir millat bunaqa katta hajmdagi evakuatsiyani amalga oshirmagan. Bu yo‘lda 13 nafar harbiylarimiz qahramonlarcha jon berishdi. Biz buni qila oladigan yagona mamlakatmiz va qildik ham. Afg‘onistonda qolgan 200 nafar fuqaromizni ular istagan vaqtda olib kelamiz. Bu uchun muddat belgilanmagan. «Tolibon» mamlakatdan chiqib ketishni istagan afg‘onistonliklarga qarshilik qilmasligini va’da bergan va bu va’dani bajarishni talab qila olamiz.

Yana bir bor takrorlayman, Afg‘onistondagi AQSh harbiylari va diplomatlari o‘zlariga belgilangan vazifani mukammal tarzda uddalashdi. «Al Qoida» yo‘q bo‘ldi, bin Lodin 10 yil avval o‘ldirilgandi.

Biz nafaqat Afg‘onistondan askarlarni olib chiqib u yerdagi urushni tugatdik, balki butun dunyo bo‘ylab katta harbiy operatsiyalar erasi tugagani bildirdik. Endi boshqa davlatlarni qayta qurishga urinishni bas qilishimiz kerak. Inson huquqlari va erkinliklarini diplomatik yo‘l bilan himoya qilishda davom etamiz. Men bu urushga yakun yasayman degandim va shunday qildim ham. Bu urushning ortiq bizga aloqasi yo‘q edi.

Shu o‘rinda «IShID-Xuroson» guruhiga qarata aytmoqchiman: siz bilan hisob-kitobimiz hali tugamadi. Biz sizni topamiz va jazolaymiz. Biz Afg‘onistonda yuzaga kelgan kollapsga tayyor edik. To‘g‘ri, ketayotganda afg‘on hukumatidagi 300 ming askar borligini ham e’tiborga olganimiz rost. Biz 20 yil ular uchun kurashdik, ularning maxsus kuchlarichi? Prezidenti qochib ketib, mamlakatni dushmaniga topshirdi. Bu bilan bizning va ittifoqchi mamlakatlar fuqarolarini xavf ostida qoldirdi. Biz o‘zimizga yordam bergan afg‘onistonliklarni ham mamlakatdan olib chiqib ketdik. Evakuatsiya xavfsizligini ta’minlash uchun 6 ming askar yubordik», dedi Bayden millatga murojaatida.

Afg‘onistondagi missiyani boshqargan genelar Makkenzining aytishicha, 17 kun davom etgan evakuatsiyada AQSh boshqa mamlakat fuqarolarini ham qutqargan. Generalga ko‘ra, dushanba kuni uchgan oxirgi 5 samolyotda birorta amerikalik bo‘lmagan. Umumiy hisobda 123 ming amerikalik evakuatsiya qilindi.

Ma’lumot uchun, Amerika 2001 yil 11 sentyabr kuni Nyu-Yorkda amalga oshirilgan teraktdan keyin Afg‘onistonga qo‘shin kiritgan va missiyaning asosiy maqsadi sifatida «Al Qoida» terrorchilik tashkilotini hamda uning yetakchisi Usoma bin Lodinni yo‘q qilish ekani aytilgandi. Baydenning fikricha, AQSh bu missiyani uddalagan. Bu operatsiya AQSh g‘aznasiga 1,7 trillion dollardan ko‘proqqa tushdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан