Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Sizga do‘mboq ayollar yoqadimi?
7.10.2019 16:56,  
2228

Mavritaniyada g‘alati odat bor ekan. Ayollar qancha semiz bo‘lsa shuncha jozibali hisoblanarkan. Britaniyadagi Channel4 TV kanali Unreported World ko‘rsatuvi xabar berishicha, yosh qizlar semirtirish lagerlarida bo‘rdoqi moldek boqiladi. Kuniga 16000 kaloriyagacha majburan yediriladi. Bodibilding bilan shug‘ullanuvchilar kuniga 4000 kaloriya iste’mol qilishini o‘ylasak, kuniga 16000 bu dahshat.

Mahalliy urf-odatlarga ko‘ra, baqaloq ayollar go‘zal sanaladi, ularning bozori chaqqon bo‘ladi. Ayniqsa, qavat-qavat yog‘, semizlikdan teri tortilgan alomati bo‘lishi bu go‘zallik cho‘qqisi ekan.

"Ota-onalar 11-12 yosh qizlarini semirtirish uchun shu sohada katta tajriba orttirgan xotinlarga beradi. Ovqat yeyishni bo‘yicha kundalik rejani bajarmaganlar kaltaklanadi. Bunday amaliyot qizning o‘ziga hamda turmush qurish istiqboli uchun yaxshi deydi", semirtiruvchi ayol.

Hujjatli filmni suratga olish kunida Muna ismli 11 yoshli qiz quyidagicha kaloriya iste’mol qiladi:

Nonushta - 3000
Tushlik - 4000
Kechki - 2000
Jami - 9000

Britaniya Sog‘likni Saqlash Vazirligi 11 yoshlilar uchun tavsiya qilgan kunlik kaloriya miqdori - 1900.

Qizlarning o‘zi ham shunga ishonadi, ozg‘inlikni go‘zallik, jozibadorlik sanaydi.

Hujjatli filmda baqaloq ayol kamerachining yoniga kelib birov so‘ramasa ham "uyimda ovqat ko‘p, men chiroyliman" deb maqtanishi kulgili tuyuldi.

Xalqaro tashkilotlar bosimi ostida Mavritaniya hukumati bunday amaliyotlarga qarshi tushuntirishlar olib bormoqda. Qilinayotgan ishlar, chora tadbirlar haqida gapirib turib bir rasmiy "to‘g‘risini aytsam, o‘zimga ham do‘mboq ayollar yoqadi" deb kulyapti.

Milliy ijtimoiy illatni yo‘qotish oson bo‘lmaydi, toki odamlar o‘zi tushunmasa bunday zararli odatlarni yo‘qotish qiyin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан