Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Sobiq Aviasozlar madaniyat saroyi rekonstruksiya qilinadi (foto)
28.02.2020 16:06,  
369

Shavkat Mirziyoyev Yashnobod tumanidagi Mudofaa vazirligiga qarashli Ma’naviyat va ma’rifat markazini borib ko‘rdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Foto: president.uz

Bu markaz binosi 1980 yilda qurilgan. Hozirda unda Qurolli Kuchlar ansambli, Markaziy harbiy orkestr, “Turon” davlat harbiy teatri, bichish-tikish korxonasi va bolalar to‘garaklari joylashgan. Lekin imkoniyatlardan to‘la foydalanilmayotgan edi.

Foto: president.uz

Prezident markaz binosini rekonstruksiya qilib, undan maqsadli foydalanish, davlat-xususiy sheriklik asosida ko‘ngilochar maskan tashkil etish zarurligini ta’kidladi. 

Bu yerda konsertlar, bayram tadbirlari o‘tkaziladi. Atrof obodonlashtirilib, tadbirkorlar ishtirokida savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari tashkil etiladi.

Foto: president.uz

Davlat rahbari shu yerdagi Aviasozlar sport majmuasini ham kirib ko‘rdi. Uning hududini obodonlashtirish, sportsevarlarga qulayliklarni oshirish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

Foto: president.uz

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан