Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






So‘x tumani hokimi: aholimizning 31 foizi xorijiy mamlakatlarda migrant bo‘lib ishlaydi
12.06.2020 11:34,  
257

Sayidbahrom Sayidmusayev So‘x tumani hokimi vazifasida ish boshlaganiga bir haftadan oshdi. Unga bu yerning aholisi yaxshi tanish. Chunki mazkur tumanda bir yildan buyon ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i bo‘lib ishlagan. O‘zA muxbirlari tumanning yangi hokimi bilan suhbatda bo‘ldi.

— Chashma bulog‘ida ro‘y bergan majarodan so‘ng barcha vazirliklar tumanimizdagi har bir mahallada piyoda yurib, yillar davomida to‘planib qolgan muammolarni o‘rgandi. Aholining dardini eshitdi. Og‘riqli nuqtalarni aniqlab, ularning takliflari asosida dastur ishlab chiqildi.

Bu yerda aholi bog‘dorchilik, dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullanadi. Aholining 31 foizi xorijiy mamlakatlarda migrant bo‘lib ishlaydi. Koronavirus pandemiyasi tufayli tumanda 14 mingga yaqin aholi ishsiz qolgan. Bugun birinchi navbatda, ularni ish bilan ta’minlash, daromad topishiga ko‘maklashish bo‘yicha ish olib borilmoqda. 500 nafardan ortiq so‘xliklar “Tashkent city” qurilish ob’yektlarida ish bilan ta’minlanmoqda. Ularning barcha xarajatlarini davlatimiz o‘z zimmasiga olyapti. Tumanimizda boshlangan bunyodkorlik ishlarida esa elektr sohasida 200, qurilishda 300 nafar fuqaro ishga joylashtirildi.

Tuman aholisini uzluksiz oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash doimiy e’tibordagi masala. Viloyat markazidan olib kelinadigan asosiy mahsulotlar qo‘shni davlatning 80 kilometr chegarasini bosib o‘tadi.

Tumandagi katta bir muammolardan biri – ichimlik suvi va yerlarni sug‘orish bilan bog‘liq. Bu masala ham ijobiy yechimini topib, 90 foiz aholi ichimlik suvi bilan ta’minlanadi. Elektr energiya ta’minotini yaxshilash ishlari boshlab yuborildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан