Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






SSV: dezinfeksiya tunnellari – koronavirusga qarshi foydasiz, inson organizmiga zarar
7.09.2020 10:50,  
192

Dezinfeksiya tunnellari hozirda deyarli har bir tashkilot, xususan,  umumiy ovqatlanish ob’yektlari, aeroport, temir yo‘l vokzallari, bozorlar, supermarket kabi qator  muassasa binolari oldida o‘rnatilgan. Hatto kirish yo‘laklarining boshqa qismlari qizil lentalar bilan o‘ralib, odamlarga shu tunnel orqali o‘tishdan boshqa yo‘l qoldirilmagan. Respublika  ixtisoslashtirilgan allergologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori, tibbiyot fanlari doktori, professor Ilmira Raziqova bunday tunnellaring inson organizmiga zararli tomonlari haqida so‘zlab berdi:

—  Dezinfeksiya chorasi sifatida xlorli eritmalardan foydalanishni dunyo davlatlari tajribadan o‘tkazishdi. Amerikalik ekspertlarning ta’kidlashicha, ko‘chalarni dezinfeksiya qilish va dezinfeksiya tunnellaridan keng foydalanish ko‘proq insonlarni vahimaga tushmasligi yoki ularni tinchlantirish maqsadida amalga oshirilgan. Va, shuni aytish lozimki, xanuzgacha buning samarasi isbotlanmagan, — deydi mutaxassis. 

— Dezinfeksiya tunnellarida foydalaniladigan xlorli eritmalar tibbiyotda juda  ko‘p yillardan beri  ishlatiladi va uning inson organizmiga  xatarli ta’siri juda kuchli. 

Kun davomida ishlab turgan tunneldan bir kishi qayta-qayta o‘tishiga to‘g‘ri kelishi mumkin. Davomiy ishlatilgan har bir kimyoviy modda inson organizmida allergik holatlarni keltirib chiqaradi. Allergolog Ilmira Raziqova buning asoratlari o‘ta xavfli tus olib ketishidan ogohlantiradi. 

Mutaxassisning aytishicha, bu yuqori nafas yo‘llarining yengil qizarishidan to yengil kuyishgacha bo‘lgan xolatlarni chaqiradi. Buning natijasida insonda allergik rinit, konyuktivit, bronxit va xattoki og‘ir  kasallik hisoblanuvchi – bronxial astmaga olib kelishi mumkin.

Maktablar faoliyatini qayta tiklash masalasi o‘rtaga chiqqanda, bolalarning sog‘ligiga salbiy ta’sirlari inobatga olinib,  Sog‘liqni saqlash vazirligi ta’lim muassasalari oldida dezinfeksiya tunnellarini o‘rnatish qat’iyan man etilishini ta’kidlagan edi. 

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ham bunday tunneldarning samaradorligi isbotlanmaganligini bildirdi.

— Dezinfeksiya tunnellarini metro yoki boshqa muassasa binolari oldida o‘rnatilishi shart emas . deb hisoblaymiz, — deydi allergolog  Ilmira Raziqova. 

—Hozirda bunday noto‘g‘ri profilaktika ko‘z konyuktivasi va yuqori nafas a’zolarining allergik shikastlanishiga sabab bo‘lmoqda. Tunnellar o‘rniga kirish joylarida 

- o‘zaro masofani saqlash, 
- isitmani o‘lchash,
- qo‘llarga antiseptik bilan ishlov berish 

yo‘lga qo‘yilgani maqsadga muvofiq, — deb aytmoqda mutaxassis.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан