Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






SSV maktab oshxonalari faoliyatiga ruxsat bermadi
3.09.2020 13:48,  
135

AOKA huzuridagi shtabda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva ishtirokida brifing o‘tkazildi. Brifingda aholini qiziqtirgan savollar yuzasidan javob qaytarildi.

— Maktab oshxonalari faoliyatiga ruxsat beriladimi? U qanday talablarga javob berishi kerak? 

— Maktab oshxonalari faoliyat yuritishiga SSV tomonidan ruxsat berilgani yo‘q. 

Maktab oshxonalari faoliyatiga ruxsat berilganda 

- tana haroratini o‘lchanishi;

- sog‘lom va issiq ovqatlarni tayyorlanishi;

- bolalar ovqatlanish uchun o‘tirishlarida masofa 2 metrdan uzoqroq bo‘lishini ta’minlash;

- bir stolda 4 dan ortiq bolalar o‘tirmasligini ta’minlash;

- qo‘llarni sovunlab yuvish  yoki antiseptik vositalar bilan ishlov berish uchun to‘liq sharoit bo‘lishi shart (suv, sovunlar, bir qog‘oz salfetkalar va hokazo). 
  
Sanitariya va epidemiologiya xizmati tomonidan doimiy ravishda maktablar oshxonasi sanitariya va gigiyena qoidalariga rioya qilishlari o‘rganiladi va nazorat qilib boriladi. 

Bugungi kunda bu me’yorlar talab darajada saqlanishi maktab rahbariyati va xodimlari hamda ota-onalar nazoratida bo‘lishi kerak.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан